Ko'rgazma yangiliklari

Nima uchun TIASda ishtirok etish kerak?

Tashkent International Auto Show – bu avtomobil ishlab chiqaruvchilar, dilerlar, ehtiyot qism yetkazib beruvchilar va avtomobil ishqibozlarini jamlaydigan mintaqaning xalqaro avtomobil ko‘rgazmasidir. Bu ko'rgazma mahsulotlaringizni namoyish etish, hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish va avtomobil industriyasining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish uchun imkoniyatdir

🔹 Maqsadli auditoriyaga chiqish – avtomobillar, ehtiyot qismlar va aksessuarlaringizni minglab potensial mijozlarga taqdim eting
🔹 Biznes networking – distribyutorlar, investorlar va bozorning asosiy vakillari bilan uchrashing
🔹 Bevosita savdo imkoniyatlari – avtomobillar va servis xizmatlaringizni namoyish eting, joyning o‘zida kelishuvlarga erishing
🔹 Innovatsiyalar va trendlar – elektromobillar, avtonom boshqaruv, avtomobil pardozlash va boshqa zamonaviy texnologiyalar haqida ma’lumot oling
🔹 Yangi mahsulotlarni taqdim etish – brendingizga e’tiborni jalb qilish va shov-shuvli premyeralar uchun ko‘rgazmadan foydalaning
🔹 Media yoritish – ommaviy axborot vositalari, raqamli platformalar va ijtimoiy tarmoqlardagi yoritilish orqali brendingizni mustahkamlang


TIAS – bu biznesingiz rivoji va bozor yetakchiligiga erishish yo‘lida muhim qadamdir!