23–25-oktyabr kunlari Toshkentda avtomobil sanoatining yirik tadbiri — TIAS 2024 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 10 dan ortiq xalqaro kompaniyalar ishtirok etib, yengil avtomobillar, innovatsion texnologiyalar va avtomobil dizayni sohasidagi so‘nggi ishlanmalarni namoyish etdilar.
Tashrif buyuruvchilar ekologik toza transport vositalari, elektromobillar hamda tunning va dizayn sohasidagi noyob yechimlar bilan tanishdilar. Dastur doirasida avtomobil sanoatining kelajagi, aerografiya va drift san’ati bo‘yicha sessiyalar, shuningdek, master-klasslar va munozaralar tashkil etildi, ularda ekspertlar o‘z tajribasi va sohaning istiqbollari haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdilar.
Tashkent International Auto Show 2024 mintaqadagi avtomobil bozorini rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘ldi.
Tashkilotchilar tadbirni muvaffaqiyatli o‘tkazishda ishtirok etgan barcha ishtirokchilar va hamkorlarga samimiy minnatdorlik bildiradi!